Urugvaylik "Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoasining Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan mag'lubiyatga uchragani haqida gapirdi.
"Bunday kuchli raqib bilan yakuniy duelda bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi. O'ylashimcha, bizda g'alaba qozonish uchun to'g'ri munosabat etishmadi", - dedi urugvaylik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Superkubok finalida Madrid klubi kataloniyaliklarga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. "Real Madrid" safida yagona golga Karim Benzema mualliflik qildi.