Kataloniyaning “Barselona” klubi markaziy hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya Superkubogi finalida “Real” ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
“Jamoamiz uchun ajoyib daqiqalar. Biz unvonga loyiq edik. Endi biz ko'proq sovrinlar yutish uchun birga o'ynashda davom etishimiz kerak. Buning uchun "Barselona"da hamma narsa bor", - deydi Robert.
Levandovski 2022 yilning yozidan buyon "ko'k-anorranglilar" safida o'ynamoqda. U "Bavariya"dan "Barselona"ga o'tdi. Joriy mavsumda polshalik 27 ta o'yinda 21 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.