«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL 1-turi doirasida bo'lib o'tgan o'yinda APOEL darvozasiga 2ta gol urdi. O'yindan keyin portugaliyalik futbolchi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu o'yinda g'alaba qozonishimiz shart edi. O'z uyimizda o'ynayotganimiz uchun Chempionlar ligasini g'alaba bilan boshlashni istadik. Nazarimda, yaxshi o'ynadik. Bizga qarshi himoyada o'ynaydigan jamoa qarshi turishini bilardik. Yanada ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ammo yakunda ijobiy natijani qo'lga kiritdik. Bundan xursandman.
Maydonga qaytganimdan xursandman. Chempionlar ligasi — o'ziga xos musobaqa. Bu turnirda ishtirok etish va gollar urish men uchun muhim ahamiyatga ega. Jamoaga yordam berganimdan xursandman.
Albatta, biz Chempionlar ligasida g'olib chiqishni istaymiz. Bu «Real»ning musobaqasi va biz unda yana g'oliblikni qo'lga kiritishni istaymiz», — dedi Ronaldu.