Kecha bo'lib o'tgan Ispaniya Superkubogi final uchrashuvida Madridning "Real" klubi kataloniyalik "Barselona" bilan uchrashdi. Karlo Anchelotti jamoasi 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
“Qirollik” klubidagi yagona gol muallifi frantsiyalik markaziy hujumchi Karim Benzema bo'ldi. U uchrashuvning eng so'nggida gol urdi. Bu to'p Karim uchun "El Klasiko"dagi 13-gol bo'ldi. "Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinlardagi gollar soni bo'yicha frantsiyalik futbolchi sakkizinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha argentinalik Lionel Messi 26 ta gol bilan etakchilik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni Krishtianu Ronaldu va Alfredo di Stefano bo'lishib turadi. Ularning har birida 18tadan gol bor.