Ispaniya Superkubogining finalida "Real" va "Barselona" jamoalari o'zaro bahs olib bordi.
O'yinda ustunlikka ega bo'lgan Xavi shogirdlari buni hisobda aks ettira olishdi.
Gavi, Levandovski va Pedrilar tomonidan kiritilgan golga Benzema javob qaytardi va "Barselona" yakunda 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu o'yinda bitta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan Gavi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.