Polshalik markaziy hujumchi Robert Levandovski "Bavariya" futbolchisi bo'lganida faoliyatini "Barselona"da emas, balki "Real"da davom ettirishi mumkin edi. Bu haqda Relevo jurnalistlariga ma'lum bo'ldi.
Manbaga ko'ra, polshalik dastlab "qirollik" klubiga o'tishni maqsad qilgan va agentidan transferni tashkil qilishni so'ragan. Tomonlar muzokaraga kirishishgan, biroq "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres hujumchini yoshi katta bo'lgani uchun sotib olishdan bosh tortdi.
Natijada Levandovski 4 yillik shartnoma asosida "Barselona"ga o'tdi. Kataloniyaliklar safida u 21 ta o'yinda 19 ta gol urgan.