UEFA rahbari Aleksandr Cheferin "Real Madrid" va klub prezidenti Florentino Peres haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Futbol olamida akulalar ko'p. Superliga loyihasi haqida eshitganimda, u erda kim rahbarlik qilishini darhol angladim. Axir u kichikroq jamoalar bilan o'yinlardan noligan. Ular o'zlarini elita deb bilishadi va shuning uchun hamma ularga ta'zim qilishlari kerak. Men Florentino Peres va "Real" haqida gapiryapman", - deya xabar beradi Marca nashri.
2021 yilning bahorida Evropaning 12 ta top-klubi Evropa Superligasi boshlanganini e'lon qildi. Bir necha kundan so'ng, ko'pchilik ishtirokchilar futbol jamoatchiligining noroziligi tufayli turnirni tark etishdi. Superligada faqat "Barselona", "Real" va "Yuventus" qolgan.