«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ispaniya Superkubogi finalidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
«Barselona»da bu muhokama ham qilinmaydi. Biz «Barselona»miz va sovrinlar sari boramiz. Bu klub men uchun hamma narsadan muhim.
G'alaba qozonishimiz yoki mag'lub bo'lishimizdan qat'i nazar sovrinlar uchun kurashishda davom etamiz. «Real» ustidan g'alaba ko'p narsani anglatishi mumkin.
Futbolchilik vaqtimdagidan buyon ko'p narsa o'zgarmagan. Hozirda men shunchaki g'alaba qozonuvchi jamoani o'yinga tayyorlashim kerak.
Ruhiyat juda muhim. Ularda finalda zafar quchish bo'yicha tajriba yuqori. Butun o'yinni «Betis»ga qarshi bo'lib o'tgan 60 daqiqadek o'tkazishga harakat qilamiz.
Mourino davridagi «klasiko»lar ijobiy o'tmagan. Ikkala jamoa uchun ham yomon imij yaratgandi.
Anchelotti bilan munosabatlarimiz yaxshi, u bilan juda ko'p ko'rishganmiz. Qatardalik vaqtimda unga Aspire akademiyasi elchisi sifatida mukofot ham topshirganman. Anchelotti futbol dunyosidagi olijanob insonlardan biri.
U bilan oramizdagi jang faqatgina sportda ekanligini unutmaslik lozim. Men «Real» bosh murabbiyi va bir nechta futbolchisiga qoyil qolaman, buni yashiradigan joyi yo'q", dedi Xavi.
«Real» va «Barselona» 15 yanvar, yakshanba kuni Ispaniya superkubogi finalida o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.