"Real" va "Roma"ning sobiq hujumchisi Antonio Kassano A Seriya 18-turi doirasida "Napoli"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini tanqid qildi. "Keksa sinora" 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Yuventus" oxirgi o'yinda omadsizlikka uchradi. Jamoa dahshatli o'yin ko'rsatmoqda. Jovanni Galeone ko'pincha Allegri "Chelsi" va "Real Madrid" takliflarini rad etganini aytadi. Men uchun bu bema'nilik. Spaletti kamroq g'alaba qozongan bo'lsa ham, men uni daho deb atashim mumkin", - deydi Antonio.
Italiya chempionatining 18-turi yakunlariga ko'ra, “Yuventus” 37 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.