"Real" goleadori Krishtianu Ronaldu chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turida "APOEL" darvozasiga 2 ta gol kiritgan holda dubl qayd etdi.
Bu bilan musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib turgan futbolchi ketma-ket 6-mavsumda ham musobaqaning dastlabki turini golsiz tark etmayapti. Portugaliyalik futbolchi bugunga qadar so'nggi 5 mvsumning barchasida guruhning dastlabki turida raqib darvozabonlarini ranjitgan edi. Quyida Ronalduning so'nggi 6 mavsum chempionlar ligasi guruh bosqich ilk turida qayd etgan natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
2012/2013-mavsum: "Real Madrid" 3 - 2 "Manchester City" (gol)
2013/2014-mavsum: "Galatasaray" 1 - 6 "Real Madrid" (xet-trik)
2014/2015-mavsum: "Real Madrid" 5 - 1 "Bazel" (gol)
2015/2016-mavsum: "Real Madrid" 4 - 1 "Shaxtyor Donetsk" (xet-trik)
2016/2017-mavsum: "Real Madrid" 2 - 1 "Sporting Lissabon" (gol)
2017/2018-mavsum: "Real Madrid" 3 - 0 "APOEL" (dubl)
RealBlancos