Frantsiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Lionel Sharbone "Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanning kelajagi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
“U bir yarim yildan beri mashg'ulot o'tkazmayapti. Zidan Frantsiya terma jamoasini boshqarmoqchi bo'lgan, ammo bu amalga oshmadi. U kutishni to'xtatishi kerak. Zinedin terma jamoa g'oyasidan voz kechib, qandaydir top-klubni boshqarishi kerak. A Seriyada uni taklif qilmoqchi bo'lgan jamoalar bor", - deya Sharbone so'zlarini keltirmoqda RMC Sport.
Zinedinning oxirgi ish joyi "Real Madrid" bo'lgan. Frantsiyalik murabbiy qo'l ostida "qirollik" klubi ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.