"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo "Real"ga qarshi Ispaniya Superkubogi finalida o'ng qanotda o'ynaydi. Bu ma'lumotni ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Xavi Migel tarqatdi.
Manbaga ko'ra, avvalroq "Barselona"da o'ng qanotda to'p tepgan Jyul Kunde himoya markazida Andreas Kristensen bilan juftlikda o'ynaydi. Biroq, frantsuz Arauxo bilan muayyan o'yin uchun o'rnini almashtiradi.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi finali ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da bo'lib o'tadi. O'tgan mavsumda bu sovrinni "qirollik klubi" qo'lga kiritgandi.