2023 yilning fevral oyida bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qur'a tashlandi.
Turnirda o'z qit'asining chempionlari hisoblangan 7 ta klub ishtirok etadi: «Real» (Ispaniya), «Flamengo» (Braziliya), «Al‑Hilol» (Saudiya Arabistoni), «Al‑Ahli» (Misr), «Oklend Siti» (Yangi Zelandiya), «Sietl Saunders» (AQSh) va «Vidad» (Marokash).
"Real" va "Flamengo" jamoalari musobaqani yarim final bosqichidan boshlashadi.
Qur'a natijalari va taqvim:
Saralash bosqichi. 1 fevral
«Al-Ahli» - «Oklend Siti»
Chorak final
4 fevral
«Sietl Saunders» - «Al-Ahli»/«Oklend Siti»
«Vidad» - «Al-Hilol»
Yarim final
7 fevral
«Flamengo» - «Vidad»/«Al-Hilol»
8 fevral
«Sietl Saunders»/«Al-Ahli»/«Oklend Siti» - «Real»
3-o'rin uchun o'yin
11 fevral
Final
11 fevral