«Real» klubi o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal klub safida o'zining 350-bahsini o'tkazdi.
31 yoshli futbolchi uchun yubiley o'yin Ispaniya superkubogi yarim finali doirasidagi «Valensiya»ga qarshi uchrashuv (1:1, penaltilar seriyasi — 4:3) bo'ldi.
«Real» ushbu voqea munosabati bilan Karvaxalga 350-raqamli futbolka hadya qildi.