Hujumchi Garet Beyl futbol bo'yicha Uels terma jamoasining elchisi bo'lmoqchi, deya xabar beradi Sportsmail.com
Manbaga ko'ra, yaqin orada Uels futbol assotsiasiyasi hujumchining agenti bilan muzokaralar olib boradi. Beyl jamoa va rasmiy davralarda vaqt o'tkazishi mumkin bo'ladi.
9 yanvar kuni 33 yoshli uelslik futbolchi faoliyatini yakunlash qarorini e'lon qilgan edi. Bungacha hujumchi "Real" va "Tottenxem" klublarida o'ynagan