«Atletiko» klubi «Real» darvozaboni Tibo Kurtuaga maktub yo'llab, undan kechirim so'rashni talab qildi. Aks holda, stadion hududida uning nomi yozilgan taxtacha olib tashlanishi bilan tahdid qilindi.
Kurtua uch mavsum davomida «Atletiko» sharafini himoya qilgan va jamoa bilan Ispaniya kubogi, Evropa ligasi va Evropa Superkubogida g'olib chiqqan.
Kurtua 2018 yilda «Chelsi»dan «Real»ga ko'chib o'tgach, uning «Atletiko» bilan munosabatlari yomonlashdi. Ayniqsa, Tibo 2022 yilgi EChL finali oldidan bergan intervyusida, agar "Real"ga finalga chiqsa, unda hech qachon yutqazmaganini ta'kidlagan". Bu esa «Atletiko» muxlislariga og'ir botdi. Boisi, "Atletiko" EChL finalida ikki marta "Qirollik klubi"ga mag'lub bo'lgan.
2022 yilda bo'lib o'tgan «Atletiko» va «Real» o'rtasidagi Madrid derbisida Kurtua "matraschilar" muxlislariga badaniga tushirilgan EChL kubogi tatuirovkani ko'rsatib, ishqibozlarni g'azabga keltirgandi. Klub ana shu ishi uchun Kurtuadan kechirim so'rashni talab qilmoqda.