"Real" "Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavarni o'z safiga qo'shib olishga qarshi emas, u avvalroq kelasi yozda klubini o'zgartirish istagini bildirgan. Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, “Qirollik klubi” so'nggi kunlarda frantsiyalik himoyachiga qiziqish bildirgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Pavar xizmatiga “Barselona” ham qiziqish bildirayotgan edi. Futbolchining o'zi markaziy himoyachi pozitsiyasida o'ynashi kafolatlangan jamoaga o'tishni afzal ko'radi.
Pavarning Yulian Nagelsmann jamoasi bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirida tugaydi. Oldinroq "Bavariya" sport direktori Xasan Salixamidjich frantsiyalik futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirishini inkor etmagandi.