«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya superkubogining yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan "Valensiya"ga qarshi o'yin borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Og'ir o'yin bo'ldi, ruhiy jihatdan qiynalishga to'g'ri keldi. Raqibning golidan keynin ahvolimiz og'irlashdi. Ammo jamoamizning o'ziga xos xususiyati bor: «Oxirigacha kurash, olg'a, «Real»!» Biz finaldamiz va faqat u erga chiqqan jamoagina sovrin yutishi mumkin.
Birinchi bo'limda biz o'yinni nazorat qildik. Ammo ikkinchi taymda tempni pasaytirdik va xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishimiz qiyin kechdi. Qo'shimcha bo'limlarda esa o'yinimizni kuchaytira oldik. Shubhasiz, biz eng yaxshi darajamizni ko'rsatmadik, ammo natijaga erishdik.
Bizda ozgina tetiklik etishmadi. Boisi, JCh tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan yaqinda qaytdik, ishlashda davom etishimiz kerak. Jamoa o'zini yo'qotib qo'ymadi. Shunisi menga yoqadi", - dedi "Real Madrid" bosh murabbiyi.