Chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi bo'lgan "Manchester Siti" "Real" futbolchisi Ferlan Mendiga qiziqish bildirmoqda.
Fichajes nashri xabariga ko'ra, "shaharliklar" 27 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun 60 million evro to'lashga tayyor.
Amaldagi shartnoma Ferlan Mendini "Real" bilan 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha bog'laydi. Madrid klubi safida frantsiyalik himoyachi 124 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ferlan Mendi "Real"ga 2019 yilning yozida "Lion"dan o'tgan edi. O'shanda "qaymoqranglilar" "Lion"ga 48 million evro to'lagandi.