"Real" himoyachisi David Alaba Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida bo'lib o'tgan "Viyarreal"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.
Tekshiruvlar natijasida avstriyalik futbolchining boldir qismidagi mushagida jarohat aniqlandi. Uning tiklanishi uchun 3-4 hafta vaqt kerak bo'ladi.
30 yoshli futbolchi joriy mavsumida barcha musobaqalar doirasida 23ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 2 gol va 3 assist yozib qo'ydi.