Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2022 yilning ramziy jamoasini e'lon qildi.
Ushbu jamoaning hujum chizig'i Kilian Mbappe, Karim Benzema va Erling Xoland uchligidan iborat bo'lgan bo'lsa, Lionel Messi yarim himoya chizig'iga qo'yildi.
IFFHS versiyasi bo'yicha 2022 yil ramziy jamoasi:
Darvozabon: Tibo Kurtua («Real», Belgiya);
Himoyachilar: Yoshko Gvardiol («Leyptsig», Xorvatiya), Ashraf Hakimiy («PSJ», Marokash), Virjil van Deyk («Liverpul», Niderlandiya), Alfonso Devis («Bavariya», Kanada);
Yarim himoyachilar: Luka Modrich («Real», Xorvatiya), Kevin de Breyne («Manchester Siti», Belgiya), Lionel Messi («PSJ», Argentina);
Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ», Frantsiya), Karim Benzema («Real», Frantsiya), Erling Xoland («Manchester Siti», Norvegiya).