"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya Superkubogi Saudiya Arabistonida o'tkazilishi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, Superkubok yarim finalida "Barselona"ning raqibi "Betis" bo'ladi. Jamoalar 12 yanvar, payshanba kuni maydonga tushadi.
"Ha, bu biznes. Lekin biz professionalmiz, biz bu erga ispan futboli manfaati uchun kelganmiz. O'ylaymanki, ko'pchilik bundan foyda ko'radi. Kamtarroq jamoalar uchun bu pul ishlash imkoniyatidir", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Qo'shimcha qilamizki, chorshanba kuni Ispaniya Superkubogi finaliga ilk yo'llanma uchun "Real" va "Valensiya" o'ynaydi. Madrid grandi ushbu kubokning amaldagi sohibi hisoblanadi.