Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Krishtianu Ronaldu haqidagi savolga javob berdi.
Dekabr oyi oxirida 37 yoshli portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni sharafini himoya qiladigan "An-Nasr" futbolchisiga aylandi va 2025 yilgacha shartnoma imzoladi.
"Ronaldu bilan shartnoma imzolanishi Saudiya Arabistoni mahalliy sportni keyingi bosqichga olib chiqmoqchi ekanligini ko'rsatadi. Bu mamlakat terma jamoasi JChda Argentinani qanday mag'lub etganini, Ronalduning "An-Nasr"ga kelishi esa oldinga yana bir qadam bo'lganini ko'rdik. Krishtianuning o'ziga kelsak, u o'z faoliyatini o'zi xohlagancha boshqarish huquqiga ega. Bu uning tanlovi", - dedi belgiyalik darvozabon.