Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shartnomasi yakunlangach, erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan yarim himoyachi Marko Asensioni mavsum yakunida yo'qotishni istamayapti.
Jurnalist Mario Kortexanining yozishicha, futbolchining yaqinlari Marko hamon "qaymoqranglilar" ustozi ishonchidan bahramand ekanini aytishgan.
Avvalroq, yanvar oyida Asensio va "Real" rahbariyati yangi shartnoma shartlarini muhokama qilish uchun yana muzokara stoliga o'tirishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, hozircha muzokaralar haqida hech qanday ma'lumot yo'q.
Joriy mavsumda Asensio Ispaniya chempionatida bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.