Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uelslik vinger Garet Beylning futboldan ketishi haqida fikr bildirdi. Beyl butsalarini 33 yoshida "mixga" ilishga qaror qildi.
Italiyalik murabbiy o'zining ijtimoiy tarmoqlarida Beylning 2014 yilda "Barselona" darvozasiga urgan unutilmas goli suratini joylagan. O'shanda Garet zarba yo'llab, printsipial raqib darvozasini ishg'ol etgandi.
“Unutilmas! Garet, rahmat”, - deb post qoldirdi murabbiy.
Beyl 2013 yildan 2022 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan. Uelslik futbolchi "qaymoqranglilar" bilan birgalikda besh marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.