"PSJ" himoyachisi Serxio Ramos futbolchilik faoliyatini yakunlagan sobiq jamoadoshi Garet Beylga murojaat qildi.
Futbolchilar 2013 yildan 2021 yilgacha "Real"da birga o'ynashgan. Ular birgalikda uch marta Ispaniya chempionatida g'alaba qozonishdi, Ispaniya kubogi va Superkubogi sohibiga aylanishdi, shuningdek, besh marta Chempionlar ligasida g'alaba qozonishdi.
“Garet, sen bilan juda ko'p ajoyib lahzalarni baham ko'rish baxt edi... Sen ortda qancha unvonlar, gollar va quvonchli daqiqalarni qoldirding", - deb yozdi Ramos ijtimoiy tarmoqda.
9 yanvar kuni uelslik futbolchi 33 yoshida faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan edi.