UEFA tashkiloti «Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguainni «Barselona»ga qarshi o'yindagi qilig'i uchun jazolamaydigan bo'ldi.
EChL 1-turidan o'rin olgan «Barselona» - «Yuventus» (3:0) o'yini oxirida, bosh murabbiy Massimiliano Allegri uni zaxiraga olganida, maydonni tark etayotgan Iguain muxlislarga qarata o'rta barmog'ini ko'rsatgan edi.
Ma'lumki, argentinalik futbolchi avval «Real» tarkibida o'ynagan. Shu tufayli, kataloniyalik muxlislar o'yin davomida uning sha'niga haqoratlar yog'dirib, tinmasdan hushtakbozlik qilishgandi.
Voqea tafsilotini o'rganib chiqqan UEFA intizom qo'mitasi futbolchini jazosh uchun sabab topmadi.