"Real" himoyachisi David Alaba va yarim himoyachisi Orelen Tchuameni Ispaniya superkubogining yarim final bosqichidan o'rin olgan bahsni o'tkazib yuborishadi.
Ushbu futbolchilar "Valensiya"ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibdan o'rin olishmadi. Jamoa xabar tarqatishicha, Alaba va Tchuameni mushagidan jarohat olishgan.
Alaba 7 yanvar kuni o'tkazilgan «Vilyarreal»ga qarshi bahsda (1:2) to'liq o'ynagan bo'lsa, Tchuameni ucharshuvning 64-daqiqada zaxiraga olindi.
Eslatib o'tamiz, «Real» va «Valensiya» o'rtasidagi Superkubokning yarim final bahsi 11 yanvar kuni bo'lib o'tadi.