Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Orelen Tchuameni jarohat oldi.
22 yoshli frantsiyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi, uning natijalarini Madrid klubi o'z saytida ma'lum qildi.
Tchuameniga chap oyoq mushagining jarohati tashxisi qo'yilgan. Tchuameni qayta tiklash vaqti haqida "qaymoqranglilar" aniq ma'lumot tarqatishmadi.
Orelen Tchuameni joriy mavsumda "Real" safida 21 ta o'yinda maydonga tushdi. Frantsiyalik futbolchi ikkita golli uzatma berdi.
"Real" navbatdagi o'yinini 11 yanvar, chorshanba kuni o'tkazadi. Karlo Anchelotti shogirdlari shu kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Valensiya”ga qarshi bahs olib boradi.