"Real" himoyachisi David Alaba "Bavariya"dagi sobiq jamoadoshi, hozirda "Barselona"da o'ynayotgan Robert Levandovski haqida gapirdi.
Avstriyalik futbolchi 2021 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda, Robert esa 2022 yilda "ko'k-anorranglilar" safiga qo'shildi.
"Men Robert Ispaniyada o'zini juda qulay his qilayotganini bilaman. U mahalliy madaniyatni yaxshi ko'radi. Levandovski jahon darajasidagi futbolchi, men uni yaxshi bilaman, lekin umid qilamanki, mening jamoam La Liga turnir jadvalida yuqoriroq o'rinni egallaydi", - dedi 30 yoshli futbolchi Bild nashriga.