David Alaba "Bavariya"dagi sobiq jamoadoshi Manuel Noyerning jarohati haqida gapirdi.
"Men Manuelning jarohatidan bir necha kun o'tib, u bilan WhatsApp orqali bog'landim. U juda ijobiy va kelajakka tayyor edi. Men Manuelni juda yaxshi bilaman, u faoliyatida jarohatdan keyin doimo qaytishini va ko'pincha avvalgidan ham kuchliroq ekanligini ko'rsatdi.
Men u buni yana qilishiga ishonaman. U buning ustida har kuni 100 foiz ishlaydi. Manuel o'n yilni eng yuqori saviyada o'tkazdi, u butun darvozabonlar avlodining o'yinini o'zgartirdi”, — dedi 2010 yildan 2021 yilgacha “Bavariya”da o'ynagan “Real” himoyachisi.
Noyer ta'til paytida jarohat oldi, u chang'i uchayotganda oyog'ini sindirib oldi. Shu tariqa "Bavariya" darvozaboni mavsumning qolgan qismida safdan chiqdi.