"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining 16-turida "Vilyarreal"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi. Madridliklar "sariq suv osti kemasi"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Bunday og'ir mag'lubiyatga qaramay, diqqatimizni jamlashimiz kerak. Mavsumning ikkinchi qismi oldidan vaziyatni og'irlashtirmaslik kerak”, - deydi belgiyalik darvozabon.
16 turdan so'ng madridliklar 38 ochko bilan La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.