Xabaringiz bor, Frantsiya futbol federatsiyasi kecha Dide Desham bilan shartnomani uzaytirgani haqida ma'lumot tarqatdi.
"Real" hujumchisi Karim Benzema esa bu haqda avvalroq eshitgani uchun ham terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Boisi, 35 yoshli va murabbiy o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emas.
Boz ustiga, ikki fuqarolikka ega bo'lgan ba'zi futbolchilar qaysi terma jamoani tanlashda Federatsiyaning qarorini kutayotgandi. Masalan, Hussem Avar agar terma jamoani Zidan qabul qilsa, Frantsiya terma jamoasida o'ynashni rejalashtirayotgandi. Endi u Jazoir terma jamoasida o'ynashi mumkin.