Zinedin Zidan hamon murabbiylik ishini topa olmayapti.
"Real Madrid"ning sobiq boshqaruvchisi Dide Deshamning Frantsiya terma jamoasidagi o'rnini egallash uchun asosiy nomzod hisoblangan, biroq u "uch ranglilar" bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirdi.
Ammo, Frantsiya terma jamoasi bilan bo'lgan variant Zidan uchun yagona bo'lmagan. L'Equipe nashri xabariga ko'ra, frantsiyalik murabbiyga Braziliya va Portugaliya terma jamoalaridan ham takliflar tushgan, lekin ikkalasi ham rad etilgan.
Eslatib o'tamiz, Zinedin Zidan 2021 yilning yozida "Real"ni tark etganidan beri ishsiz.