Nufuzli insayder Fabritsio Romano Toni Kroosning amaldagi shartnomasi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
33 yoshli yarim himoyachi mavsum oxirida faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda, ammo "Real Madrid" futbolchini klubda qolib, shartnomasini uzaytirishga ko'ndirishga umid qilmoqda.
Romanoning so'zlariga ko'ra, germaniyalik “qaymoqranglilar” taklifini qabul qilish ehtimoli yuqori: “O'ylashimcha, Kroos “Real”da qoladi. Klub bunga ijobiy qaraydi”, - deydi taniqli insayder.
Toni Kroos "Real"ga 2014 yilning yozida "Bavariya"dan kelib qo'shilgan edi.