"Real Madrid" La Ligadagi so'nggi 5 o'yinning faqat 2 tasida g'alaba qozongan.
Shanba kuni bosh murabbiy Karlo Anchelotti shogirdlari “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy berishdi. Bungacha “Rayo Valekano”dan mag'lubiyat, “Jirona” bilan durang, shuningdek ikki g'alaba qayd etilgandi.
Hozircha "Real" va "Barsa"da La Ligada 38 ochko bor. Ammo kataloniyaliklarning zaxirasida bir o'yin bor – agar ular “Atletiko”ni mag'lub etsa, turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo'lib olishadi.