"Real Madrid" Ispaniya qirol kubogi doirasida Tersera ligasi atalmish 5-divizion vakilini safarda 1:0 hisobida engganidan xabardorsiz. O'yindan so'ng mag'lub "Kasereno" futbolchilaridan biri Karmelo Meretsiano Eden Azar haqida shunday dedi:
"Shunday taassurot qoldiki, o'yin unga mutlaqo qiziq emasdek. U to'pni olishni, yugurishni istamasdi. Biz uning maydonda ekanini unutib ham qo'ydik. Uning borligi umuman sezilmadi".
Hatto 5-divizion vakiliga qarshi o'yinda tuzukroq o'yin ko'rsata olmagan Azarni "An-Nasr" o'z safiga qo'shib olish uchun harakatni boshlagan.