"RB Leyptsig" himoyachisi Yoshko Gvardiol bolaligidanoq o'ynashni orzu qilgan jamoa nomini aytdi. Ma'lum bo'lishicha, xorvatiyalik "Liverpul"ning azaliy muxlisi hisoblanadi.
"Qaysi jamoada o'ynashni xohlardim? Men albatta "Liverpul"ni tanlagan bo'lardim. Kichkinaligimda otam bilan doim ularning o'yinlarini tomosha qilardim. Bu mening yuragimda saqlanib qolgan klub”, - deya Gvardiolning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, “Liverpul” hozircha Gvardiolga qiziqish bildirmayapti, chunki 20 yoshli himoyachining narxi kelasi yozda 100 million evrodan oshadi. Xorvat uchun “Chelsi”, “Real” va “Manchester Siti” klublari kurash olib boradi.