"Real" va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Madrid klubidagi o'z roli va mavqeini amalda topdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli futbolchi yaqin bir necha yil ichida "Real"ning eng muhim o'yinchilaridan biriga aylanish imkoniyatiga ega. U asosiy rol o'ynagan "Valyadolid"ga qarshi o'yin "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga manzur bo'lgan.
Ayni damda poytaxtliklar Ispaniya chempionati turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam "Barselona"dan ortda qolib, ikkinchi o'rinda bormoqda.