"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi, hozirda esa Ispaniya media-futbol ligasi prezidenti Jerar Pike havaskorlar o'rtasidagi turnirda professional La Liga futbolchisi o'ynashini ma'lum qildi.
Pikening so'zlariga ko'ra, La Liga futbolchisining kimligi butunlay anonim bo'ladi. Futbolchi niqobda o'ynaydi. Faqatgina futbolchining yoshi 30 dan oshmagani va u "Buyer Team" media klubida o'ynashi ma'lum.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabr oyi oxirida Pike "Qirollar ligasi" deb nomlangan Ispaniya media ligasi tashkil etilganini e'lon qilgan edi. Turnirda 12 ta jamoa ishtirok etadi, o'yinlar 7ga 7 formatida o'tkaziladi. Klublar prezidentlari taniqli blogerlar va sobiq futbol yulduzlaridir. Misol uchun, "Kunisports"ni argentinalik sobiq hujumchi Serxio Aguero boshqaradi, "1K" jamoasini esa sobiq "Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Iker Kasilyas tomonidan boshqaradi.