"Real" darvozaboni Andrey Lunin Madrid klubida qolishni istaydi. U o'zisha tushgan barcha takliflarni rad etdi, deb xabar beradi Relevo.
Taklif bildirgan klublardan biri “Ayaks” edi. Ukrainalikning rad javobidan keyin niderlandiyaliklar “Vilyarreal” darvozaboni Xeronimo Ruli bilan shartnoma imzoladi.
Shuningdek, 11 fevral kuni 24 yoshga to'ladigan futbolchiga Premer-liga va Bundesliga klublaridan takliflar bo'lgan.
Yozda vaziyat o'zgarishi mumkin. Futbolchining madridliklar bilan bir yillik shartnomasi qolgan bo'ladi, tomonlar vaziyatni tahlil qilib, darvozabonning kelajagi borasida bir qarorga kelishadi.
2022/23 yilgi mavsumda Lunin "Real" libosida 630 daqiqa maydonda o'tkazdi. 7 uchrashuvning 3 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlagan bo'lsa, qolgan 4 tasida 4 ta gol o'tkazib yuborgan.