Ispaniya Primerasi intizom qo'mitasi "Real" himoyachisi Marseloni jazoladi.
29 yoshli futbolchi «Levante»ga (1:1) La Liga 3-tur o'yinida, yarimhimoyachisi Jefferson Lermaning orqasidan urgani uchun bosh hakam tomonidan maydondan chetlatilgandi.
Qo'mita «Real» futbolchisining bu harakatini tajovuzkorona deb topdi va uni 2 o'yinga diskvalifikatsiya qildi.
Endi Marselo «Real Sosedad» va «Betis» klublariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.