"Vilyarreal" bosh murabbiyi Kike Seten "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichning o'yini haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Eslatib o'tamiz, yaqinda 37 yoshli yarim himoyachi Xorvatiya terma jamoasi bilan jahon chempionatining bronza medallarini qo'lga kiritgan edi.
“Modrich kabi futbolchilarning qarishini ko'rish juda achinarli. Luka o'yinlari sizga juda yoqadigan futbolchilar guruhiga kiradi", - dedi Seten matbuot anjumanida.
Ertaga Liga doirasida "Vilyarreal" o'z maydonida "Real"ni qabul qiladi.