"Liverpul" rahbariyati Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkinligidan xabardor. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "Liverpul" Bellingemning "Qirollik klubi"ga o'tishi muqarrarligiga chidashga kirishgan. So'nggi paytlarda "Real" 19 yoshli iqtidorning transferi bo'yicha muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishdi.
Jud yozda potentsial xaridorlarga 100 million evrodan tushadi. Bu futbolchi "Liverpul" va "Real" uchun asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.