"Real"ning umidli yarim himoyachisi Niko Pas Ispaniya chempionatini Germaniya Bundesligasiga o'zgartirishi mumkin.
Sport.de nashri xabar berishicha, 18 yoshli futbolchining xizmatlariga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda. "Arilar" rahbariyati yozgi transfer oynasida Pasning transferini tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Futbolchi uchun bahsda "Borussiya"ning asosiy raqiblari Ispaniyaning "Xetafe" va "Valyadolid" klublari bo'ladi.
Pas bu mavsum UEFA yoshlar ligasida 5 ta gol urdi.
Qo'shimcha qilamizki, 15 turdan so'ng Dortmundning "Borussiya"si 25 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.