Portugaliya terma jamoasi va Lissabonning «Benfika» jamoasi hujumchisi Gonsalu Ramush mashhur agent Xorxe Mendeshning mijoziga aylandi. Bu haqda AS jurnalistlari xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, bir kun avval Mendesh boshqa bir portugaliyalik – «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlikni to'xtatgan edi. 37 yoshli futbolchi Evropada unga klub topa olmagani uchun agenti bilan xayrlashishga qaror qildi.
Ramush joriy mavsum Portugaliya MTJda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Gonsaluning «burgutlar» bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Transfermarkt uning narxini 30 million evroga baholamoqda.