«Real» Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni sotib olmoqchi, bunga Toni Kroosning jamoada qolishi yoki qolmasligi to'sqinlik qilmaydi. U mavsum oxirida erkin agent sifatida ketishi yoki umuman faoliyatini yakunlashi mumkin.
Jurnalist Aranka Rodrigesning fikricha, Bellingemning «Real»ga o'tishi Kroosning kelajagiga umuman bog'liq emas, u hali shartnomani uzaytirish haqida bir qarorga kelmagan. Jud va Toni keyingi mavsumda klubda birga bo'lishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Bellingem «Real»ga 100 million evrodan ko'proqqa tushishi mumkin. Ammo «qirollik klubi» birinchi navbatda «Liverpul» va Angliya Premer-ligasining boshqa klublari bilan raqobatda g'alaba qozonishi kerak.