IFFHS (Xalqaro futbol statistikasi va tarixi federatsiyasi) o'tgan yilning eng yaxshi darvozabonlari nomini e'lon qildi. Reytingda birinchi o'rinni Belgiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua egalladi.
Ikkinchi o'rindan Argentina va «Aston Villa» posboni Emiliano Martines joy oldi. Top uchlikni Yasin Bunu (Marokash terma jamoasi, «Sevilya») yakunladi.
Kuchli o'ntalikka shuningdek: Dominik Livakovich, Ugo Loris, Voytsex Shensni, Yan Oblak, Alisson Bekker, Jordan Pikford va Mayk Menyan kirdi.
Joriy mavsumda Kurtua Ispaniya chempionatining 11ta o'yinida qatnashib, o'z darvozasidan 12ta gol o'tkazib yubordi va uchta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.