Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2022 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqladi. "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Lionel Messi ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.
O'tkazilgan so'rovnomada argentinalik futbolchi 275 ochko to'plagan holda ta'qibchilarini ancha ortda qoldirdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallagan Kilian Mbappe va Karim Benzema hisobida bor-yo'g'i 35 va 30 ball to'plandi.
Luka Modrich va Erling Xoland esa 15 va 5 ball bilan to'rtinchi va beshinchi o'rinlarni egallashdi.
E'tiborli tomoni, Messi faoliyati davomida ilk marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. 2020 va 2021 yillarda Robert Levandovski mazkur sovrin egasiga aylangandi.