Seshanba oqshomida "Real" Ispaniya kubogi 1/16 finalida "Kasereno" jamoasini minimal hisobida mag'lub etdi.
O'yindan so'ng madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'z shogirdlari o'ynashi kerak bo'lgan maydonning sifatsizligiga ishora qildi.
"Bunday maydonlarda futbol o'ynab bo'lmaydi. Menimcha, bu futbol emas, balki boshqa sport turi edi. Bu qaysidir ma'noda kichik jamoalarga katta jamoalar bilan raqobatlashishda yordam beradi, bu esa muxlislar uchun juda yaxshi. Ammo muxlislar ham yaxshi o'yinlar ko'rishni xohlashadi" - dedi Anchelotti jurnalistlarga.
Endi "Real" Ispaniya chempionati doirasida "Vilyarreal"ga qarshi safar uchrashuviga tayyorgarlik ko'radi.